Bugun Mirabror Usmonov kubogi start oladi

Khoja
19 iyul 2024
Bugun Yunusobod sport majmuasida Mirabror Usmonov kubogi start oladi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu xalqaro turnirning ilk uchrashuvida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.

Barcha futzal muxlislarini Markaziy Osiyoning murosasiz derbisi va ochilish marosimiga taklif etamiz

O'zbekiston - Tojikiston

19 iyul | 19:00

Yunusobod sport majmuasi

Uchrashuvga kirish bepul


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA