Bugun futbol. AGMK - "Neftchi"

Xayrulla Xoliqov
27 may 2022, 13:13
Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliga 11-tur bahslariga start beriladi.

Ma'lum muddat tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytgan "Neftchi" bugun Olmaliqda AGMK mehmoni bo'ladi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Musobaqa jadvalida AGMK 17 ochko bilan 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Neftchi" 9 ochko yiqqan holda 11-o'rinni egallab turibdi. AGMKda to'plar nisbati 15-8, "Neftchi"da esa 7-11. 

Mavsumni ketma-ket ikkita mag'lubiyat bilan boshlagan AGMK shundan beri qatorasiga 7 o'yindan beri yutqazmay kelmoqda. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu orada 5 g'alaba va ikki durang qayd etishdi. 

AGMK uchun bugungi bahs o'z maydonidagi 4-uchrashuv bo'ladi. Bungacha o'tkazilgan 3ta bahsda olmaliqliklar "Qo'qon-1912" bilan "So'g'diyona"dan ustun kelib, "Bunyodkor" bilan 0:0 o'ynashdi. O'tgan tur jamoa safarda "Dinamo"ni 2:1 hisobida engib qaytdi. 

"Neftchi" bugun safarda beshinchi o'yinini o'tkazadi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari bungacha o'tkazilgan safar bellashuvlarida ikkitadan mag'lubiyat va durang qayd etgan. "Neftchi" safarda "Paxtakor" va "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berib, "Dinamo" va "Navbahor" bilan durang o'ynagan. 

Bilasizmi? "Neftchi" shu paytgacha safar o'yinlarida faqat bitta gol urdi. 

AGMK esa hozircha o'z maydonidagi bellashuvlarda 6ta gol urishning uddasidan chiqqan. 

27 may, juma. 19:00

AGMK – NEFTCHI

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov, Rustam Choriev

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistent: Alisher Usmonov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Qudrat Madraimov

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia