Bugun. "Chelsi" – "Manchester Siti"

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 10:45
Bugun Angliya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatning amaldagi chempioni "Manchester Siti" hamda Angliya kubogi sohibi "Chelsi" o'zaro bahs olib boradi.

"Chelsi" – "Manchester Siti"
Stadion:
"Uembli"
Boshlanish vaqti: 19:00
Bosh hakam: Jonatan Moss

 Tomonlar jami 157 marta o'zaro to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlar borasida ustunlik londonliklar tomonida. "Chelsi" 64, "Manchester Siti" esa 54 marta g'alabaga erishgan. 39 bahsda durang kuzatilgan.

O'tgan mavsumdagi ikkala bahsda ham "shaharliklar" "Chelsi"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Jamoalar 2012 yilda ham Angliya superkubogi doirasida o'yinda qatnashishgan va unda "Manchester Siti" 3:2 hisobida g'olib bo'lgan.

Taxminiy tarkiblar:

"Chelsi": Kabalero, Aspilikueta, Ryudiger, Luis, Alonso, Fabregas, Jorjino, Barkli, Pedro, Xadson-Odoy, Morata.

"Manchester Siti": Bravo, Bolton, Garsiya, Laport, Zinchenko, Foden, Gyundogan, B. Silva, Sane, Marez, Aguero.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia