

Hozirda "Arsenal" birinchi o'rinda va 2-pog'onadagi "Siti"dan 3 ochko (1 ta o'yin zaxirasida ham bor) oldinda. Agarda bu bahsda "Arsenal" raqibni taslim etsa, orada farq yanada yiriklashib ketadi va ruhiy tomondan ham chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoaga jiddiy ta’sir o'tkazadi. Kim biladi deysiz, balki bugun tunda oltin medallar taqdiri hal bo'lar.
Eslatib o'tamiz, 28 yanvar kuni ushbu jamoalar kubok doirasida ro'baro kelgan va o'shanda "Siti" minimal hisobda zafar quchgandi. Chempionat birinchi davrasidagi o'yin esa "Manchester Siti" irodali g'alabaga erishgandi.
Ushbu uchrashuv matnli-translyatsiyasini saytimizda kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.



