Bugun Angliya Kubogi finali bo'lib o'tadi

Eldor Akmurzayev
14 may 2022, 08:10
Musobaqaning hal qiluvchi bahsi “Uembli”da “Chelsi” hamda “Liverpul” o'rtasida o'tkaziladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:45 da start oladi.

“Aristokratlar” safida Mateo Kovachich, Kallum Xadson-Odoi, Ben Chiluell, “qizillar”dan esa Fabino jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, N'Golo Kantening qatnashishi so'roq ostida turibdi.

Musobaqaning amaldagi g'olibi “Lester” hisoblanadi. Eng ko'p titul esa “Arsenal” (14) hisobida.

“Chelsi” 8 bor kubokni yutgan:

1969/70, 1996/97, 1999/2000, 2006/07, 2008/09, 2009/10, 2011/12, 2017/18

“Liverpul” esa 7 marta unda muvaffaqiyat qozongan:

1964/65, 1973/74, 1985/86, 1988/89, 1991/92, 2000/01, 2005/06

Bundan oldinroq, joriy mavsum Angliya Liga Kubogi finalida ham “Chelsi” – “Liverpul” bahsi bo'lib o'tgan va unda Yurgen Klopp shogirdlari raqibini penaltilar seriyasiga ko'ra taslim etgandi.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia