Bugun Andijonda havaskorlar Kubogi finali

Narzulla Saydullayev
1 may 2018, 17:25
Avval xabar berganimizdek, Andijon shahrida mini-futbol bo'yicha uyushmagan yoshlar o'rtasida havaskorlar Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun Andijon shahridagi “Limon-Arena” mini-futbol maydonida musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Andijon shahrining “FC Alliance” va Asaka shahrining “FC RAVON” jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Soat 20:00da boshlanadigan final uchrashuvi keskin kurash va shiddatga boy tarzda o'tishi kutilmoqda. Mazkur final bahsiga futbol ishqibozlarini taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia