Bugun "Aktobe" va "Irtish" Yevropa ligasidagi "yurish"larini boshlashadi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013
Bugun Yevropa ligasida 2013/2014 yilgi mavsumi 1-saralash bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ular orasida hamyurtlarimiz to'p tepayotgan klublar ham o'yin o'tkazishadi. Qozog'istonning "Aktobe" klubi Armanistonda "Gandzasar" klubi mehmoni bo'ladi. "Aktobe" safida Aleksandr Geynrix, Temur Kapadze va Marat Bikmaev kabi hamyurtlarimiz to'p tepayotganidan xabaringiz bor.

Qozog'istonning "Irtish" klubi ham bugun safarda o'ynaydi. Ikki hamyurtimiz, Ulug'bek Baqoev va Kamoliddin Murzoev, to'p tepayotgan klub Bolgariyada "Levski" mehmoni bo'ladi.

Javob uchrashuvlari 11 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Saytimizning TAQVIM bo'limida bugungi o'yinlarning boshlanish vaqtlari bilan tanishib olish mumkin. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: