Bugun 17:45da "Sokker klub"

Aslanov Jasurbek
30 may 2015
“Sport” teleradiokanali sharhlovchilari Diyor Imomxo'jaev hamda Dilshodbek To'xtabekov hammuallifligidagi “Sokker klub” loyihasi futbol muxlislari tomonidan iliq qarshi olingandi.
Bugun uning uchinchi soni efir yuzini ko'radi.

17:45 dan boshlab uzatiladigan ko'rsatuvda “Andijon” futbol klubi sport direktori Ulug'bek Mirzaev hamda “FutbolMed” direktori Muazzam Melieva mehmon sifatida ishtirok etishadi. Shuningdek, o'z shaxsini oshkor etmaslikni so'ragan sirli shaxs tomonidan ham bir qator qiziqarli faktlar hamda fikrlarni eshitishingiz mumkin.

Loyihaning mazkur soni futbolchilarga to'lanadigan ko'tarma pullari, o'yinchilarning klublar tomonidan sug'urta qilinishi, legioner futbolchilar bilan shosha-pisha tuziladigan shartnomalar va ularning oqibatlari, horijiy chempionatlarda yo'l olgan ayrim o'zbekistonlik futbolchilar duch kelgan muammolar haqida so'z yuritadi. O'zbekiston professional futbol ligasini reglamentga ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga undaydi.

“Sokker klub” ertaga – 31 may kuni soat 12:05 da takroran efirga uzatiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia