Bugun 14:00. "Neftchi" - "Andijon" yoxud Superliga yo'llanmasi kimga nasib etadi?

Narzulla Saydullayev
15 dek 2020, 08:00
Bugun Pro ligada 2-o'rinni egallagan “Neftchi” hamda Coca Cola Superliganing 13-jamoasi bo'lgan “Andijon” ishtirokidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 14:00da Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida boshlanadi. "Istiqlol" arenasidagi uchta rasmiy uchrashuv muxlislarsiz o'tishidan xabardorsiz.

O'tish o'yinining asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki qo'shimcha taymlarga navbat beriladi. Agar, ekstra taymlarda ham g'olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Jamoalarga 5 nafar futbolchi almashtirish uchun ruxsat berilgan. Bunda dastlabki 90 daqiqa ichida futbolchi almashtirish uchun har bir jamoaga 3 tadan imkoniyat taqdim etiladi. O'yin qo'shimcha taymlarga qadar yetib borsa, yana 1 martadan futbolchi almashtirish mumkin bo'ladi. Umumiy hisobda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar 5 nafardan oshmasligi kerak.


Ushbu bellashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.

O'tish o'yini
NEFTCHI - ANDIJON
15 dekabr 2020 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 14:00
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Timur Gaynulin, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia