Bugun 13:00. O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018, 08:23
Bugun Xitoyda U-23 Osiyo chempionatining 2-tur bahslari start oladi.

Bugun "A" guruhida ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti bilan soat 13:00da O'zbekiston U-23 va Xitoy U-23 o'rtasidagi o'yin bilan 2-tur boshlanadi. Uchrashuv SPORT telekanali orqali jonli ravishda namoyish etiladi. 

Toshkent vaqti bilan soat 16:30da esa Ummon va Qatar o'rtasidagi bahs boshlanadi.

1-turda Xitoy Ummon ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Qatar esa O'zbekistonni 1:0 hisobida taslim qilgandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia