Buffon: "Ronaldu bilan "Yuventus" Chempionlar ligasini qo'lga kiritishi mumkin edi"

Оқил Абдубарноев
24 dek 2021, 19:51
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"dagi o'yinini yuqori baholadi.

"Yuve" Chempionlar ligasini Krishtianu kelganidan keyingi dastlabki mavsumidayoq qo'lga kiritish imkoniyatiga ega edi. O'shanda men Parijda edim va ularga nima bo'lganini tushunolmadim. "Yuve"ga qaytgach, u bilan ko'p vaqt o'tkazdim, biz yaxshi chiqishib ketdik. "Yuventus" jamoasi o'z DNKsini yo'qotdi", - deydi Buffon.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning 19-turidan keyin "Yuventus" 34 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TUDN