Buffon “Roma”ga qarshi maydonga tusha olmaydi

20 dek 2017, 00:20
“Yuventus” posboni Janluiji Buffon Italiya chempionatining 18-turida “Roma”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

39 yoshli darvozabon “byankoneri”lar safida jarohati bois so'nggi uchta uchrashuvdan buyon maydonga tusha olmayapti.

“Ushbu haftada Janluiji safga qayta olmaydi amalda “Roma”ga qarshi bahsga qadar jarohatdan to'liq forig' bo'lmaydi”, deya ta'kidlab o'tdi turinliklar ustozi.

Shu bois 23 dekabr kuni “Roma”ga qarshi, shuningdek, Italiya kubogi doirasida “Jenoa” bilan (20 dekabr) o'yinlarda Voychex Shchensni maydonga tushiriladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia