Buffon noma'lum muddatga safdan chiqdi

Alisher
15 mar 2021, 18:23
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Futbolchining belida jarohat bor. Darvozabonning tiklanish muddati haqida ma'lumot yo'q.

43 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 6ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

Oldinroq "Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzining ham jarohat olgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport