"Bu uning darajasi emas". SSKA prezidenti Messini Rossiya chempionatiga taklif qilish haqidagi savolga javob berdi

Alisher
23 okt 2020, 14:25
Moskvaning SSKA klubi prezidenti Evgeniy Giner "Barselona" va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messidek jahon darajasidagi yulduzni Rossiya chempionatiga taklif qilishdagi mano haqida gapirdi.

"Messini taklif qilishda mano ko'rmayapman. Bu uning darajasi emas. Keling oldin Rossiya chempionatini ko'taramiz, uning darajasini hech bo'lmasa Ispaniyadagidek qilamiz. Shundan so'ng bunday yulduzlarni taklif qilish uchun mano paydo bo'ladi", - deydi Giner.

SSKA ayni damda Rossiya Premer-ligasi jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Armiyachilar" hisobida 11 turdan so'ng 22 ochko bor.

Viktor Goncharenko jamoasi 26 oktyabr kuni Tulaning "Arsenal" jamoasi bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport24