Bu ko'rsatkich bo'yicha "Real" birinchi o'rinda

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018
Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvida "Bavariya" "Alyans Arena"da "Real"ni qabul qildi.

Bahs 1:2 hisobida madridliklar g'alabasi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, "Real" turnir tarixida "Bavariya"ni ketma-ket 6 marta mag'lub etgan birinchi jamoaga aylandi.

"Real" so'nggi oltita uchrashuvda myunxenliklar darvozasiga 15ta gol urdi va 5ta gol o'tkazib yubordi.

"Qirollik klubi"ning g'alabali seriyasi 2011/12 mavsum Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida (2:1) boshlangan. Shundan so'ng "Real" 2013/14 mavsumda ushbu turnir yarim finalining ikkala o'yinida, 2016/17 mavsum chorak finalidagi uy va mehmondagi bahslarda g'alabaga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com