Brunu: "Ronalduni tanqid qilishda davom eting"

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2022, 08:54
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Brunu Fernandesh Ronalduning tanqidchilariga murojaat qildi.

"Unga tanqidlar ostida o'ynash yoqadi deb o'ylayman. Shuning uchun barchangizdan so'rayman: davom eting. Uni tanqid qilayotganingizda Ronalduning eng yaxshi talqinini ko'ramiz. 

Ronaldu bilan klub va terma jamoada o'ynash - ushalgan orzu. 

Hozir men uchun asosiysi - Portugaliya yanada yaxshiroq ishtirok etishi. Bunday holatda Ronaldu ham, men ham, butun Portugaliya xursand bo'ladi", - dedi Fernandesh. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN