Brunu Fernandesh qoyilmaqom natija qayd etmoqda

20 iyun 2020, 09:30
MYU APLning 30-turi doirasida safarda “Tottenxem” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvda Manchesterning yagona goliga penaltidan Brunu Fernandesh mualliflik qildi.

2017/18 yilgi mavsum avvalidan beri portugaliyalik futbolchi 18 marta 11 metrlik jarima zarbasini tepdi. U bu penaltilarning barchasini golga aylantirgan.

Ma'lumot uchun, futbolchi MYU safida so'nggi 7 ta o'yinda gol+pas tizimida 7 ochko ishladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka.com