Brunu Fernandesh: “Yevropa Ligasini yutmoqchimiz”

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2022, 09:10
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoasining yangi mavsum Yevropa Ligasida qatnashishiga munosabat bildirdi.

“Albatta, eng yaxshi musobaqalarda, masalan, Chempionlar Ligasida qatnashishni xohlaymiz. Yevropa Ligasida esa g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz.

Hafsalam pir bo'ldimi? Futbol o'ynashga ruxsat berishmasagina shunday bo'lishi mumkin. Yevropa Ligasida finalga chiqqanman va mag'lub bo'lganman. Endi esa maksimum kuch bilan uni yutishga harakat qilaman”, deydi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola