Brnovich Chernogoriya termasida qoladi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2013, 03:14
Branko Brnovich Chernogoriya terma jamoasini boshqarishda davom etadigan bo'ldi.
Chernogoriya Futbol Federatsiyasi Brnovich bilan o'rtadagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. Shu tariqa ushbu mutaxassis Chernogoriyani Evro 2016 ga tayyorlaydigan bo'ldi. O'tgan safargi Yevropa chempionati saralashida chernogoriyaliklar Brnovich qo'l ostida  "G" guruhida Angliyadan so'ng ikkinchi pog'onani band etishga muvaffaq bo'lishgandi.

Eslatib o'tamiz, Branko Brnovich Chernogoriya terma jamoasini 2011 yilning oktyabrida qabul qilib olgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fussball.ch