Britaniyaning 5ta klubi Azmunga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
3 may 2018, 08:16
Bir qator Britaniya klublari Rubinning eronlik hujumchisi Syerdar Azmunga qiziqish bildirishmoqda.

O'tgan yozdan buyon Everton va Seltik klublari unga qiziqishgandi. Hozir ular safiga Lester, Vulverxempton va Fulxem klublari qo'shilishdi.

Eronlik futbolchini sotib olish uchun asosiy da'vogar APLga qaytgan Vulverxempton klubi hisoblanmoqda.

Bu mavsumda 23 yoshli futbolchi Rossiya chempionatining 24ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: teamtalk.com