Breaking! O'zbekistonning U-17 Osiyo Kubogiga boradigan tarkibi aniq

admin
14 apr 2026
5 maydan 22 mayga qadar Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Sergey Chigodaev boshchiligidagi murabbiylar shtabi turnir uchun quyidagi futbolchilarni jalb etadi:

Nurmuhammad O'ktamov, Muhammad Mamatov, Islom Ravshanov, Olim Shomurotov, Farruh Hayitmurodov (barchasi – “Paxtakor”), Laziz Abduraimov, Mirkomil Murodov, Jahongirmirzo O'ktaiboev, Muhammad Hakimov (barchasi – “Bunyodkor”), Abdulboriy Zoidjonov (“Lokomotiv”), Muhammadodilxon Orifxonov, Amirxon Erkinov, Abubakir Rahimov, Mirjamol Anvarov (barchasi – “Odil Ahmedov”), Asilbek Aliev, Mironshoh Eshpo'latov, Mehrojbek Sirojiddinov (Respublika FA), Suhrob Sadirjonov, Muhammadaziz Ro'ziboev (“G'azalkent”), Ahrorbek Ravshanbekov (“Andijon”), Elseverbek Olimov (“Neftchi”), Mashhur Abdisoliev (“Nasaf”), Adis Abdunabiev (“Oq-tepa”), Rustam Aliev (“Surxon”).

Ma'lumot o'rnida, qaydnomadagi 24 futbolchidan 23 nafari yakuniy tarkibdan o'rin oladi.

Eslatib o'tamiz, JCHda qizil kartochka olgan Asilbek Aliev diskvalifikaciya qilingan va 3 ta o'yinda ishtirok etolmaydi.


adminMuallif
Manba: Championat.asia