

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" Masharipovni Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga transfyer qilgan, biroq ushbu klub legionyerlar limiti tufayli Masharipovni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Shu bois "Al Nassr" o'zbekistonlik futbolchini BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga ijaraga byeradi.
Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" klubida o'zbekistonlik boshqa yarim himoyachi Azizjon G'aniev to'p tepmoqda. Ayni paytda ushbu klub BAA chempionatida 13ta turdan so'ng 19 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
"Shabab Al Ahli" OCHL-2021da "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "Istiqlol" (Tojikiston) bilan bir guruhdan joy olgan. Guruhning so'nggi ishtirokchisi 7 aprel kuni "Al Garafa" - AGMK uchrashuvidan keyin ma'lum bo'ladi.



