

"Qizillar" u uchun 138-172 mln evro to'lashi kutilmoqda. Shvetsiyalik forvard 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekadi.
"Liverpul" yaqin 48 soat ichida "Nyukasl" bilan transfer narxi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi. Isak o'tgan mavsum APLning 34 o'yinida 23 ta gol urdi va Salohdan keyin liganing eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Avvalroq Arne Slot jamoasi Isak uchun rekord summa tayyorlayotgani aniq bo'lgan edi.



