BREAKING! Azim Ahmedov "Navbahor"ni tark etdi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2021
Bugun "Navbahor" Superliganing 12-turi doirasida o'z maydonida "Andijon"ga mag'lub bo'ldi.

Ushbu uchrashuvdan keyin namanganliklar sardori Azim Ahmedov jamoani tark etganini ma'lum qildi.

"Muxlislardan bugungi o'yin uchun uzr so'rayman. Bizni kechirasizlar. Aziz muxlislar, mening mehnatlarimga rozi bo'lasizlar. Menga muxlislik qildingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Sardorlikni topshirdim. Mehnatlarimdan rozi bo'lishmadi. Sog' bo'linglar, "Navbahor" chempion bo'lsin!", - deb yozadi futbolchi.

Ma'lumot uchun, 5 iyul kuni O'zbekistonda transferlar oynasi ochiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia