Ronaldo: "Barchasi joyida, hammaga rahmat"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 07:00
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo kutilmaganda kasalxonaga tushib qoldi.

Oilasi bilan Ibicada dam olayotgan 41 yoshli janubiy amerikalik pnevmoniya diagnozi bilan shifoxonaga yotqizildi.

"Do'stlar, menda gripp huruji kuzatildi. Kasalxonaga yotishga to'g'ri keldi, ammo hozir hammasi joyida. Ertaga (13 avgust kuni) menga javob berishadi va uyga qaytaman. Qayg'urib yozgan xabarlaringiz uchun rahmat" - deb yozadi Ronaldo "Tvitter"dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com