

Ustuvor variant sifatida "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiligicha qolmoqda - Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodrigesning tanlovi aynan shunday. Italiyalik mutaxassis o'rtadagi insonlar orqali mavsumning hal qiluvchi qismida boshqa joydagi ish bo'yicha uchrashuvlarni o'tkazmoqchi emasligini ma'lum qilgan. Anchelotti "Real"da qolishni istaydi, ammo hozircha bu borada murabbiyga yangilik aytilmagan.



