"Brayton"da De Dzerbining o'rnini kim egallashi aniq. U APL tarixidagi eng yosh murabbiy bo'ladi

Administrator
15 iyun 2024, 00:10
Ingliz klubi o'ziga yangi bosh murabbiyni aniqlab oladi.

Angliyaning "Brayton" klubi Germaniyaning "Sankt-Pauli" klubida ishlab kelgan Fabian Xyurcelerni bosh murabbiy etib tayinlaydi. Ikki tomon kelishib oldi. Ingliz klubi "Sankt-Pauli"ni ham ko'ndirishga erishgan.  Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Fabian Xyurceler va "Brayton" 2027 yilga qadar bitim imzolashadi.

Ma'lumot uchun, Fabian Xyurceler "Brayton"ga tayinlansa, APL tarixidagi eng yosh murabbiyga aylanadi. Xyurceler 1993 yilning fevral oyida tavallud topgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano