

Ma'lumotlarga ko'ra, chililik futbolchi bu haqda klub rahbariyati va murabbiylar shtabiga ma'lum qilgan. Bravo asosiy tarkibdan joy kafolatlanishini talab qilgan. 33 yoshli futbolchiga ketishi mumkinligini, ammo xaridor 40 mln. evro to'lab qo'yishini aytishgan.
Bravo avvalgi mavsumda "Barselona"ning Ispaniya chempionatidagi uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushgan.



