Branko Ivankovich: "Al Sadd" Qatar terma jamoasidan kuchli

Xayrulla Xoliqov
14 mar 2019, 18:32
Eronning "Persepolis" klubi bosh murabbiyi Branko Ivankovich qatarliklar haqida fikr bildirdi.

Ma'lumki, Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida zafar quchdi. "Persepolis" esa Qatarning "Al Sadd" klubi bilan kechgan OCHL o'yinida 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Shundan so'ng xorvatiyalik murabbiy bu borada shunday dedi: 

"Al Sadd" - kuchli klub, men bu jamoani g'alaba bilan tabriklayman. O'ylashimcha, bu klub Qatar terma jamoasidan ham kuchli chunki tarkibida Xavi, Gabi kabi futbolchilar o'ynaydi. Shuningdek, biz ham kuchli jamoamiz va buni keyingi o'yinlarda isbotlaymiz". 

Eslatib o'tamiz, "Persepolis" OCHL 1-turida "Paxtakor" bilan durang o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com