Braim Dias: "Real"dan ko'ra "Milan"da menga engilroq"

Alisher
11 noya 2020
Ijara asosida "Milan"da o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Braim Dia ikki klubdagi holati haqida gapirdi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi "galaktikos"dan ko'ra "rossonerilar" tarkibida o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi.

"Menga "Milan" yoqmoqda. "Real"da yaxshi bo'lgan, ajoyib sheriklar ham, ammo men o'zimning futbolimni o'ynamoqdaman va jamoaga yordam bera olaman.

Hozir menga engilroq, sababi men futbolni yaxshi ko'raman va u uchun yashayman", - deydi Dias.

Eslatib o'tamiz, Braim Dias "Real" tarkibida deyarli maydonga tushmasdi, Milan jamoasida esa u tez-tez maydonda harakat qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Marca