

Futbolchi faoliyatini Marokash terma jamoasi safida davom ettirishga qaror qildi. Qayd etilishicha, Dias Marokash terma jamoasi lagerida shu yilning mart oyida paydo bo'ladi, o'shanda terma jamoa Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022'dan keyin ilk bor yig'in o'tkazadi.
Bungacha Braim Dias Ispaniyaning turli terma jamoalari – U-17, U-19 va U-21 jamoalarida to'p tepgan. Biroq Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibida birorta o'yin o'tkazmadi.
Eslatib o'tamiz, Marokash terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi.



