Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi! Jud Bellingem La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Administrator
31 avg 2023, 00:08
Futbolchi Ispaniyaga juda tez ko'nikib ketdi.

"Real Madrid" futbolchisi Jud Bellingem La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Futbolchi avgust oyida La Liga doirasida 3 ta o'yin o'tkazdi va to'rtta gol va bitta assist qayd etdi. 20 yoshli ingliz futbolchisi ayni damda to'purarlar ro'yxatida ham birinchi o'rinda turibdi. 

Ma'lumot uchun, "Real Madrid" Jud Bellingemni ushbu yozda "Borussiya"dan 103+31 mln evro evaziga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: laliga.com