"Borussiya" Xolandga ispan top-klubidan o'rinbosar topdi

Alisher
3 mar 2021
"Sevilya" hujumchisi Yussuf En-Nesiri faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

23 yoshli futbolchining xizmatlariga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Arilar" rahbariyati En-Nesiriga Yevropaning top-klublari ovga chiqqan Erling Xolandning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Norvegiyalik futbolchiga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Yussuf joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Eurosport