"Borussiya" Sanchoni ushbu qishda sotmaydi

Alisher
12 noya 2020, 17:00
"Borussiya" (Dortmund) xavbeki Jeydon Sancho qishki transferlar oynasida klubdan kyetmaydi.

"Arilar" rahbariyati 20 yoshli angliyalik futbolchini 2021 yilning yoziga qadar o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Liverpul", "Real", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari ham vinger uchun da'vogarlik qilmoqda.

Sancho joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic