"Borussiya" Sanchoni jarimaga tortdi

21 okt 2019, 20:35
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Jeydon Sanchoni jarimaga tortishga qaror qildi.

Sport Bild ma'lumotiga ko'ra, Sancho Angliya termasi bazasidan juda kech qaytgan va natijada dortmundliklar uni 100 ming evro miqdorida jarimaga tortishdi. 

Ma'lum bo'lishicha, Bundesliga 8-turidan o'rin olgan "Borussiya M"ga qarshi o'yindan oldin dortmundliklar ustozi Lyusen Favr jazo tariqasida Sanchoni o'yin qaydnomasiga kiritmagan. 

Sancho Germaniya chempionatining ushbu mavsumida 7 ta o'yinda qatnashdi va 3 ta gol, 5 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.   

O'xshash yangiliklar


Manba: sportbild.bild.de