"Borussiya" o'z o'yinchisining narxini 50 mln evroga tushirdi. U APL haqida orzu qilmoqda

Alisher Ostonov
17 apr 2025, 17:26
"Borussiya Dortmund" Jeymi Gittensning narxini 50 mln evroga tushirdi.

Avvalroq, 20 yoshli vinger klubdan ketish istagini bildirgan edi. Futbolchi APLda o'ynashni orzu qiladi.

Gittensga Angliya Premer-ligasi klublari, shuningdek "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda.

Jeymi joriy mavsum Bundesligada 28 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/iMiaSanMia