"Borussiya" o'z futbolchisini 100 million evroga baholadi

Alisher
27 okt 2024
Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeymi Bano-Gittens APL klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

"Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem" va "Liverpul" jamoalari o'yinchini o'z saflarida ko'rishmoqchi. Nemis klubi o'yinchi 100 million evrodan kamiga sotilmasligini ma'lum qildi. Transfermarkt uni 35 million evroga baholagan.

Jeymi joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning "arilar" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Bild