“Borussiya” - birinchi davra chempioni, mavsum yakunidachi?

16 dek 2018, 09:49
Germaniya chempionatining 15-turida “Borussiya” o'z uyida “Verder”ni taslim etdi.

Dortmund klubi 39 ochko jamg'arib, birinchi davra yakuniga ko'ra chempionatda peshqadamlikni saqlab qoldi. Ular eng yaqin taqibchilari “Borussiya” M va “Bavariya”dan 9 ochko ilgarilab ketishgan.

“Borussiya” Bundesliga tarixida uch marta (1994-95, 1995-96, 2010-11) birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlab, yakunda mamlakat chempionligiga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live