"Borussiya" Bellingemga 14 mln. evro va 2026 yilgacha bo'lgan bitim taklif qildi. Biroq "Real"ning shartnomasidagi maosh bundanda katta

Aslanov Jasurbek
9 may 2023, 00:20
Dortmundning "Borussiya" klubi Jud Bellingemdan yangi bitim tuzish bo'yicha rad javobini oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, dortmundliklar futbolchiga yillik maoshi 14 mln. evro bo'lgan 2026 yilda yakuniga etadigan bitim taklif qilishdi.

Angliyalik yangi kelishuvga imzo qo'yish haqida o'ylamayapti. Bu qarorni uning o'zi qabul qildi.

Bellingem "Real"ga o'tsa, 20 mln. evrolik maoshi va 2029 yilda yakunlanadgan shartnomaga qo'l qo'yishi mumkin.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild