"Borussiya" "Barselona" himoyachisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2018, 11:08
Dortmundning "Borussiya" klubida "Barselona" himoyachisi paydo bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, dortmundliklar Kataloniya klubining kolumbiyalik himoyachisi Yerri Minaga qiziqish bildirmoqda. Ko'k-anorranglilar Minani sotishga tayyor, biroq jahon chempionatidan so'ng ushbu ishni amalga oshirishmoqchi. "Barselona" mundialda Yerri Minaning narxi oshishini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, yanvarda "Borussiya" ham Yerri Mina uchun kurashga edi, biroq futbolchining o'zi "Barselona"ni tanladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo