"Bornmut" va "Luton Taun" o'rtasidagi to'xtab qolgan o'yin qayta tashkil etiladi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 12:52
Angliya Premer-ligasining 17-turidan o'rin olgan "Bornmut" – "Luton Taun" uchrashuvi keyinroqqa qoldirilgan va u butunlay boshqatdan o'ynaladi.

16 dekabr kuni bo'lib o'tgan uchrashuv himoyachi Tom Loker hushini yo'qotgani uchun to'xtatildi va yakunda o'yin yakunlanmay qoldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, futbolchida yurak xuruji kuzatilgan.

O'yin sanasi tegishli tomonlar bilan maslahatlashilganidan so'ng e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com