"Bordo" himoyachisi hakamni turtgani uchun uch oyga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2015, 16:41
"Bordo" himoyachisi Nikolya Pallua uchrashuv vaqtida hakamni turtgani uchun uch oyga diskvalifikaciya qilindi.

28 yoshli futbolchi "Renn"ga qarshi Fransiya chempionatining 14-turi o'yinida chetlatilgan edi va hozirgacha liga uchrashuvlarida maydonga tushmayapti.

Shunday qilib, Pallua jazoning deyarli bir oyini o'tab bo'ldi. Jazo muddati 2016 yilning 22 fevralida yakunlanadi. Bundan tashqari, "Bordo" bosh murabbiyi Villi Sanol ham ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Lequipe