"Bordo" futbolchisi sheriklarining oyoq kiyimlarini o'margani uchun qo'lga olindi

Оқил Абдубарноев
1 apr 2022, 00:54
"Bordo" futbolchisi jamoadoshlarining poyabzallarini o'g'irlaganlikda gumonlanib, qo'lga olindi.

Manbaning xabariga ko'ra, ismi oshkor etilmagan yosh futbolchi jamoadoshlarining oyoq kiyimlarini o'g'irlash va internet orqali sotish bilan shug'ullangan. Uning sobiq sevgilisi "Bordo" futbolchilari bilan qanday voqea sodir bo'lganligi haqida gapirib bergan.

Jamoa a'zolari o'g'ri bilan endi til topisha olmasliklarini his qilishgan, rahbariyat uni bir o'yinga diskvalifikaciya qilib, jarimaga tortdi. Boshqa futbolchilarning fikriga ko'ra, unga berilgan jazo juda engil bo'lgan.

Qayd etilishicha, futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchiliklar keyinroq bartaraf etilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport