Bonuchchi "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018, 17:24
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonini boshladi.

2010-2017 yillarda "keksa sinora" sharafini himoya qilgan Bonuchchining Turin klubiga qaytishi forvard Gonsalo Iguain va himoyachi Mattia Kaldaraning "Milan"ga o'tish kelishuvining bir qismi hisoblanadi.

Oldinroq, "Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini Bonuchchining qaytishiga izoh berishni istamagan edi.

Bonuchchi 2017 yilda 40 mln. evro evaziga "Milan"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com