Bonuchchi: "Hozircha "Real" haqida o'ylayotganimiz yo'q"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2015, 11:41
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Torino"ga qarshi (1:2) Italiya chempionati 32-tur uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Torino"ga qarshi o'yinda omadimiz kelmadi. Raqib darvozamiz oldida sovuqqonlik bilan harakat qildi. Gap charchoqda emas, biz odatiy ritmda 90 daqiqa o'ynadik. "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finali? Yo'q. Bu haqda hozircha o'ylayotganimiz yo'q. Oldinda bizni "Fiorentina" va "Sampdoriya"ga qarshi bahslar kutib turibdi" - deydi Bonuchchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru