"Bolonya" ustozi "Yuventus" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024
"Yuventus" Tiago Mottani Massimiliano Allegri o'rniga bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin.

Turin klubi 41 yoshli mutaxassis ishini kuzatmoqda va uni Massimiliano Allegri o'rniga ideal nomzod sifatida ko'rmoqda.

Motta va "Bolonya" o'rtasidagi kelishuv mavsum oxirida yakuniga etadi. Murabbiyga yangi bitim taklif qilingan, ammo u hali shartnomaga imzo chekkani yo'q.

Motta qo'l ostidagi "Bolonya" A Seriya jadvalida 32 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: alfredopedulla.com