Boliviyada jamoa kerakli natijani saqlab qolish uchun, o'yin tugamay, maydondan chiqib ketdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 dek 2024, 18:50
Mamlakat oliy ligasiga yo'llanma uchun kurash chinakamiga murosasiz kechdi.

"Royal Pari" dastlabki o'yinda "Real Oruro"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi, javob bahsida, safarda 0:3 hisobida ortda qolayotgandi. Qo'shimchasiga, so'nggi daqiqalarda mehmonlar darvozasiga penalti belgilanadi.

Aynan shu pallada mag'lub bo'layotgan jamoa bosh murabbiyi hakamlikdan noroziligini ko'rsatish maqsadida futbolchilarini maydondan olib chiqib ketadi. Bu yerda aslida maqsad umumiy 4:3 hisobidagi kerakli natijani saqlab qolish bo'lganini ortiqcha izohlash shart bo'lmasa kerak. Vaziyatga hattoki policiya xodimlari ham aralashadi, ammo ular ham futbolchilarni o'yinni davom ettirishga "ko'ndira olmaydi".

Natijada, Futbol federatsiyasi vakillari Tartib-intizom kodeksiga binoan, klub jazolanishi, yuqori divizionga esa "‎Real Oruro" yo'l olishini ma'lum qilishadi‎. Bundan xabar topgan mehmonlar maydonga qaytishadi, lekin endi kech bo'lgandi. Bu pallada tugamagan o'yinni yakunlagan hakamlar brigadasi 20 nafar policiyachi hamrohligida maydonni tark etayotgan edi.

Mana shunaqa gaplar, Boliyavidagilar Indoneziyadagilardan nima kamimiz bor, deyishgan ko'rinadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia