Bolalar futboli. Andijonda "Zahiriddin Muhammad Bobur" Kubogi davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2018, 18:28
Andijon viloyatida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli Respublika ochik turniriga start berilgani haqida avval xabar qilgandik.

Musobaqada jami 10ta jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalar 2 guruhga bo'lingan holatda bahslarga kirishdilar. "A" guruhi uchrashuvlari "Andijon" futbol akademiyasi futbol maydonida, "B" guruhi uchrashuvlari esa viloyat futbol maktabi maydonida o'tkazilyapti.

Musobaqaning ikkinchi kun o'yinlari natijalari bilan tanishing:

"A" guruh

Andijon viloyati futbol maktab internati - Andijon futbol akademiyasi (2006 yil) 0:3
Andijon IBO'SM - "Barkamol avlod" jamoasi (Namangan) 4:3

"B" guruh

Andijon futbol akademiyasi (2005 yil) - "Marhamat" jamoasi 4:0
Viloyat BO'SM - "Izboskan" jamoasi 5:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com