"Boka Xuniors"dagi Tohir Usmonov haqida

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2015, 19:53
Biroz oldin Tohir Usmonov ismli futbolchi "Boka Xuniors"ga o'tganini ma'lum qilgan edik.
Aniqlagan ma'lumotlarimizga ko'ra, Tohir Usmonov haqiqatdan ham "Andijon"da o'ynagan. U O'zbekiston chempionati uchrashuvlarida andijonliklar zaxirasida bo'lgani ko'rsatilgan. Futbolchi ko'chib o'tgan "Boka Xuniors" esa Argentina klubining AQSHdagi akademiyasidir. Ushbu akademiyada yosh iqtidorlardan professional futbolchilar tayyorlanadi. Bu ma'lumotni "Boka Xuniors"ning AQSHdagi akademiyasi "tvitteri" ham tasdiqlagan. Tohir bilan bog'lanishga urinib ko'ramiz.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia