Bog'otda Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2020
2-4 mart kunlari Xorazm viloyati Bog'ot tumanida 2003-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida Futbol fahriysi Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlangan Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan ikkitadan jamoalar, mezbon Xorazm viloyati tumanlaridan oltita jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Qizg'in kurashlarga boy bo'lgan o'yinlarning finaliga Buxora viloyati va Bog'ot tumani jamoalari yetib kelishdi. Doniyor Salaev boshchiligidagi Bog'otliklar Buxoro jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Turnir g'oliblari shuningdek 3-o'rinni qo'lga kiritgan Peshku jamoasi va turnirning eng yang yaxshi himoyachisi va futbolchisi Mardon Begnazarov, eng yaxshi darvozabon Artur Erkinov, eng yaxshi yarim himoyachi Islom Axmedov,
eng yaxshi hujumchi Javoxir Ro'ziev turnir tashkilotchilari va Xorazm Futbol Assotsiatsiyasi mutasaddilari tomonidan taqdirlanishdi.

Do'stona ruhda o'tgan Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlangan Respublika ochiq turniri har yili bahorning birinchi kunlari bo'lib o'tishiga kelishib olishdi.


 



Xursandbek Matkarimov tayyorladi.
Fotomuxbir: Yarashvay Jumanazarov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia